date

“Manchester Siti” – “Napoli” uchrashuvi oldidan taxminiy tarkiblar ma’lum qilindi

“Manchester Siti” – “Napoli” uchrashuvi oldidan taxminiy tarkiblar ma’lum qilindi

Muxlislar intiqlik bilan kutgan UYEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichi ilk turida “Manchester Siti” o‘z maydonida Italiyaning kuchli jamoalaridan biri — “Napoli” bilan to‘qnash keladi. Bu bahs Yevropadagi eng qiziqarli va ta’sirchan uchrashuvlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Bellashuvdan oldin nufuzli xalqaro sport portallari jamoalarning ehtimoliy tarkibini e’lon qilishdi. Ularning fikricha, har ikki jamoa ham maydonga eng kuchli va tajribali futbolchilarini tushirishi mumkin.

“SportsMole” taxminiga ko‘ra, “Manchester Siti” asosiy darvozabon sifatida Janluijji Donnarummani maydonga tushiradi. Himoya chizig‘ida Lyuis, Ruben Diash, Gvardiol va Ake joy olishi kutilmoqda. Yarim himoyada esa Rodri, Niko va Savino o‘yinni boshlab berishi mumkin. Hujum chizig‘ida Fil Foden, Jeremi Dok-u hamda to‘purar Erling Xolandning maydonga chiqishi taxmin qilinmoqda. “Napoli”da esa Milan Milinkovich-Savich qatoridan Di Lorenso, Beukema, Buonjorno va Spinatssola maydonga tushishi mumkin. Yarim himoyada Lobotka, Politano va Angissaga ishoniladi, hujumda esa De Bryuyne, Maktominey va Xoylund tandemini ko‘rish ehtimoli katta.

“WhoScored” portali esa o‘z navbatida biroz boshqacha tarkibni taklif qildi. Ularga ko‘ra, “Siti”ning darvozasini Trafford qo‘riqlashi mumkin. Himoyada Lyuis, Diash, Gvardiol va o‘zbekistonlik yosh futbolchi Abduqodir Husanovning maydonga tushishi taxmin qilingan. Yarim himoyada Rodri, Niko va Savino harakat qilishi mumkin, hujum chizig‘ida esa Foden, Bobb va Xolandning o‘yini kutiladi. “Napoli”da esa Milan Milinkovich-Savich qatoridan Di Lorenso, Beukema, Buonjorno va Spinatssola maydonga tushishi mumkin. Yarim himoyada Lobotka, Politano va Angissaga ishoniladi, hujumda esa De Bryuyne, Maktominey va Xoylund tandemini ko‘rish mumkin.

“OneFootball” e’lon qilgan ehtimoliy tarkibda esa yana o‘zgarishlar bor. Ularning taxminiga ko‘ra, “Manchester Siti” safida Donnarumma, Nunes, Husanov, Gvardiol, O’Rayli, Rodri, Niko, Savino, Foden, Dok-u va Xoland asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.

Shunday qilib, turli manbalar turli taxminlarni taqdim etmoqda. Ammo bir narsa aniq — bu uchrashuv nafaqat jamoalarning kuchini, balki yangi futbolchilarning moslashuvi va ustozlar taktikasini ham sinovdan o‘tkazadigan muhim bahs bo‘ladi.

Muxlislar uchun bu bellashuv nafaqat natija, balki maydondagi har bir harakat, taktik to‘qnashuv va yulduz futbolchilarning o‘yini bilan yodda qolishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” – “Napoli” uchrashuvi oldidan taxminiy tarkiblar ma’lum qilindi