date

Sud Trampning The New York Times’ga qarshi da’vosini rad etdi

Sud Trampning The New York Times’ga qarshi da’vosini rad etdi

AQSHda prezident Donald Trampning nufuzli The New York Times gazetasiga qarshi bergan katta mablag‘li da’vosi kutilmagan burilish oldi. Sud 15 milliard dollarlik arizani ko‘rib chiqishdan bosh tortdi.

Sudya Stiven Merrideyning aytishicha, Trampning taqdim etgan da’vo hujjatlarida jiddiy qoidabuzarliklar mavjud bo‘lib, ularning mohiyati yetarlicha aniq bayon etilmagan. Sud qaroridan kelib chiqsa, javobgar da’volarning asl sabab va mazmuni haqida to‘liq xabardor qilinishi shart.

«Sud arizasi raqibni haqorat qilish yoki unga qahr bilan hujum uyushtirish minbari emas», — dedi sudya. Shu bilan birga, u Trampga o‘z arizasini qayta ishlab, qonun talablariga muvofiq tuzatish kiritish uchun 28 kun muhlat berdi.

Ma’lumot uchun, Tramp 16-sentyabr kuni The New York Times’ni sudga berish niyatini oshkor etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gazeta «o‘nlab yillar davomida» uning shaxsiyati, oilasi va biznesi haqida turli yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan. Shuningdek, u nashrni radikal so‘l Demokratik partiyaning siyosiy quroliga aylanib qolganini ta’kidlagan.

Ayni paytda, siyosiy tahlilchilar bu jarayonni katta ahamiyatga ega sud ishlaridan biri sifatida baholamoqda. Agar Tramp arizasini qayta taqdim etsa, jarayon yanada qiziq voqealar bilan davom etishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sud Trampning The New York Times’ga qarshi da’vosini rad etdi