Kecha Turkiya Superligasi 4-turidan o‘rin olgan “Karagumruk” – “Istanbul Bashakshehir” to‘qnashuvi 2:0 hisobida mehmonlar foydasiga yakun topdi.
Bellashuvda jamoa ustozi hamyurtimiz Eldor Shomurodovni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Hujumchi 85 daqiqa davomida maydonda faol harakat qildi va shundan so‘ng zaxiraga olindi. Uning maydondagi chiqishiga esa turli xalqaro nashrlar o‘z bahosini berishdi.
Xususan, “Fotmob” sayti Eldorning o‘yinini 7.5 ballga munosib deb topdi. “Sofascore” portali esa unga nisbatan pastroq — 6.3 ball qo‘ydi. Shu bilan birga, yana bir nufuzli portal hisoblangan “Flashscore” esa Shomurodovni 6.9 ball bilan baholadi.
Eslatib o‘tamiz, “Istanbul Bashakshehir” navbatdagi turda 21-sentyabr kuni “Alanyaspor”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!