date

Ronaldinio «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida sahnaga chiqadi

Ronaldinio «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida sahnaga chiqadi

Braziliya futboli tarixida o‘chmas iz qoldirgan, «Barselona», «PSJ» va «Milan» kabi mashhur klublarda to‘p surgan afsonaviy yarimhimoyachi Ronaldinio yana katta sahnaga qaytib keladi. Jurnalist Dani Xilning (COPE) ma’lumot berishicha, u 2025 yilgi «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimida ishtirok etadi va eng nufuzli individual sovrinni shaxsan g‘olibga topshiradi.

Tantanali tadbir 22-sentyabr kuni Parijning «Shalt» teatrida o‘tadi. Bu yilgi marosimda Ronaldinioga bunday mas’uliyatli va sharafli vazifa yuklanishi bejiz emas. Chunki aynan shu yili afsonaviy futbolchi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritganiga 20-yil to‘ladi.

«France Football» jurnali Ronaldinioni ushbu rolga tanlab, o‘ziga xos ramziy yo‘l tutdi. Chunki u futbol maydonidagi mahorat va betakror uslubi bilan nafaqat o‘z davrining, balki butun tarixning eng yirik yulduzlaridan biri sifatida nom qozongan.

E’tiborlisi, 2022-yildan beri sovrin taqdimoti yil taqvimi asosida emas, balki mavsum yakunlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Bu safar ham g‘oliblar 2024-yilning 1-avgustidan 2025-yilning 13-iyuliga qadar bo‘lgan natijalarga qarab aniqlanadi.

Ronaldinioning sahnaga chiqishi muxlislar uchun alohida hayajon va tarixiy lahza bo‘lishi shubhasiz. Chunki u nafaqat «Oltin to‘p» egasi sifatida, balki futbolning eng kreativ va zavq bag‘ishlovchi yulduzlaridan biri sifatida ham dunyo sport tarixida alohida o‘ringa ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldinio «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida sahnaga chiqadi