date

O‘zbekistonda ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulot reklamasiga chek qo‘yiladi

O‘zbekistonda ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulot reklamasiga chek qo‘yiladi

19 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bolalar sog‘lig‘ini himoya qilish va ona suti bilan boqishni targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda so‘nggi yillarda dunyo miqyosida bolalarni emizish darajasi pasayib, uning o‘rnini bosuvchi turli mahsulotlar iste’moli keskin ortayotgani ta’kidlandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, 2030 yilga qadar 6 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarning kamida 70 foizi faqat ona suti bilan oziqlanishi kerak. Ayni paytda O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich atigi 25 foizni tashkil etmoqda. Shu maqsadda mamlakatda "Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi" qabul qilinadi.

Dastur doirasida:

  • JSST va YUNISЕFning "Ona suti uchun qulay tibbiyot muassasasi" hamda "Muvaffaqiyatli emizish sari 10 qadam" tashabbuslari joriy etiladi.
  • Tibbiyot xodimlari maxsus o‘qitiladi, homilador va yosh onalar uchun bilim oshirish tadbirlari tashkil qilinadi.
  • Qonunchilikka ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarning reklamasini cheklash bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritiladi.
  • Bolalar uchun mo‘ljallangan taomlar ishlab chiqarish, import va sotish tartiblari ham takomillashtiriladi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarovning aytishicha, oxirgi yillarda sun’iy bolalar ovqatlari faol reklama qilinayotgani sababli ko‘plab onalar bolalarini kelib chiqishi va sifati shubhali mahsulotlar bilan boqayotgani kuzatilgan. Shu bois yangi loyiha doirasida keng ko‘lamli axborot kampaniyalari orqali emizishning afzalliklari tushuntiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulot reklamasiga chek qo‘yiladi