date

To‘yib uxlamaslik yuzlab kasallik xavfini oshirishi aniqlandi

To‘yib uxlamaslik yuzlab kasallik xavfini oshirishi aniqlandi

Inson salomatligida uyquning ahamiyati ko‘p marta ta’kidlan-sa-da, olimlar so‘nggi tadqiqot orqali uning naqadar hal qiluvchi omil ekanini yana bir bor isbotladi. Chunki uyqu tartibi buzilishi kamida 172 turdagi kasallikka yo‘l ochishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Science jurnaliga asoslanib xabar qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadqiqotda Britaniya bio-bankining 88 mingdan ortiq ishtirokchisi haqidagi ma’lumotlar tahlil qilingan. Ushbu ma’lumotlar Xitoyning Pekin universiteti tibbiyot ilmiy markazi olimlari tomonidan o‘rganilgan. Ular odamlarning tsirkad ritmlari — ya’ni uyqu va uyg‘onish vaqti qanchalik barqaror ekanligi bilan salomatlik holati o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur o‘rganishdi.

Uyqu va kasalliklar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik

Olimlar fikricha, agar inson uyquga bog‘liq salbiy odatlarga ega bo‘lsa, o‘nlab xastaliklar paydo bo‘lishi xavfi keskin oshib ketadi. Masalan, agar biror kishi har kech soat 00:30 dan keyin uxlashni odat qilsa, unda jigar tsirroziga chalinish ehtimoli 257 foizga oshishi mumkin.

Bundan tashqari, kundalik uyqu tartibida katta o‘zgarishlar kuzatilsa, bu holat uzoq muddatda (6,8 yil davomida) gangrena rivojlanishi ehtimolini qariyb uch barobar oshiradi.

Odatlar va oqibatlar

Mutaxassislar ta’kid-lashicha, ko‘pchilik odamlar kechqurun spirtli ichimliklar iste’mol qilishi sababli yotish vaqtini kechiktiradi. Shuning uchun ham jigar bilan bog‘liq kasalliklar xavfi ortishi mumkin. Shuningdek, uyqu vaqti doim o‘zgarib tursa, insonning boshqa sog‘lom odatlarga — masalan, parhezga yoki jismoniy mashqlarga ham jiddiy e’tibori susayadi. Bu esa yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabetdan tortib, immunitet bilan bog‘liq xastaliklar rivojlanishiga zamin yaratadi.

Olimlar xulosasi

“Biz aniqladik-ki, muntazam va to‘yib uxlash ahamiyati hali ham yetarlicha qadrlanmayapti”, — deydi tadqiqot muallifi Shenfen Van. Uning so‘zlariga ko‘ra, kech uxlash salbiy ta’sir ko‘rsatadi, biroq yana boshqa omillar ham mavjud.

Shu bilan birga, agar inson kech bo‘lsa-da, soat 01:00 gacha uxlab qolsa va kamida ertalab soat 08:00 gacha to‘yib uhlasa, bu unchalik xavfli hisoblanmaydi. Mutaxassislar eslatishicha, asosiysi — uyqudan voz kechmaslik, hayot tarzi tanlovini sog‘liqqa xavf tug‘dirmas darajada yo‘lga qo‘yishdir.

Xulosa

Demak, uyquga befarq qarash yuzlab kasalliklar uchun yo‘l ochishi mumkin. Inson hayotida to‘g‘ri uyqu tartibi saqlansa, nafaqat salomatlik mustahkamlanadi, balki umr sifat ham sezilarli darajada yaxshilanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » To‘yib uxlamaslik yuzlab kasallik xavfini oshirishi aniqlandi