date

"Real Madrid" uchun og‘ir xabar – klub katta yo‘qotishga uchradi

"Real Madrid" uchun og‘ir xabar – klub katta yo‘qotishga uchradi

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan keskin bahsda “Real Madrid” o‘z maydonida “Marsel”ga qarshi maydonga tushdi. Juda dramatik kechgan to‘qnashuvda madridliklar 2:1 hisobida zafar qozonishdi, ammo g‘alaba jamoa uchun katta yo‘qotishlar bilan kechdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalariyoq madridliklar uchun noxush vaziyat yuz berdi. Jamoa tarkibiga yozda qo‘shilgan angliyalik himoyachi Trent Aleksandr-Arnold bor-yo‘g‘i beshinchi daqiqadayoq jarohat olib, o‘rnini Dani Karvaxalga bo‘shatdi. Karvaxal ikkinchi bo‘limda qo‘pol harakati uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, “Real”ni bir kishi kam bo‘lib qolishga majbur qildi.

Shu o‘rinda “Qirollik klubi” rasmiy tibbiy xizmati futbolchining holati yuzasidan bayonot berdi. Xabarda qayd etilishicha, Aleksandr-Arnoldning chap oyog‘ida, tizza osti mushaklari sohasida jiddiy shikast aniqlangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali himoyachining to‘liq maydonga qaytishi uchun taxminan sakkiz hafta vaqt talab etiladi. Bu esa jamoa uchun jiddiy yo‘qotish, chunki oldinda Chempionlar Ligasi va La Liganing eng mas’uliyatli bahslari turibdi.

Futbol mutaxassislari bu yo‘qotish “Real” himoya chizig‘i uchun katta muammolar keltirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Ayniqsa, Karvaxalning diskvalifikatsiyasi tufayli kelgusi turlarda asosiy tarkibda kim o‘ynashi katta savol ostida qoldi.

Muxlislar esa, Aleksandr-Arnoldning tezroq safga qaytishi va jamoaning yanada kuchli tarkib bilan maydonga tushishini intizorlik bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real Madrid" uchun og‘ir xabar – klub katta yo‘qotishga uchradi