date

Riyod-2025: O‘zbekiston og‘ir atletikachilaridan yana kumush


O‘zbekiston og‘ir atletikachilari Riyodda o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishni davom ettirishmoqda. Diyorbek Ruzmetov va Nigora Abdullayeva kumush medallarni qo‘lga kiritib, milliy terma hisobiga yangi yutuqlar qo‘shishdi.

71 kg vazn toifasida Diyorbek Ruzmetov musobaqa yetakchilari qatoridan o‘rin oldi. U 148 kg vaznni ko‘tarib, ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Sportchimizning chiqishlari barqarorlik hamda har bir yondashuvining aniqligi bilan e’tirof etildi. Nigora Abdullayeva esa dast ko‘tarish bo‘yicha 96 kg vaznni o‘zlashtirib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, u siltab ko‘tarishda 118 kg va ikkikurash natijasida 214 kg bilan ikkala yo‘nalishda ham ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Riyod-2025: O‘zbekiston og‘ir atletikachilaridan yana kumush