Ter Shtegen mundialni emas, Barselonani ustun qoʻyishga tayyor

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoani tark etib, Jahon chempionati yoʻlida ketishni o‘ziga maqsad qilmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Koʻk-anorranglilar” sardori asosiy tarkibdagi oʻrnini boy bergani sababli, Germaniya terma jamoasiga 2026 yilgi mundial oldidan qaytishi ham savol ostida qolmoqda. Shunga qaramay, ter Shtegen boʻlajak turnir gʻoyasiga berilib ketmagan: jurnalist Adria Albets xabariga koʻra, agar uning darajasiga mos klublardan jozibador takliflar boʻlmasa, u “Barselona”da hatto zaxira maqomida ham qolishga tayyor. Hozircha 33 yoshli futbolchi uchun bunday variantlar paydo boʻlgani yoʻq.
Ter Shtegen dekabr oyida, yozda olgan bel jarohatidan soʻng, safga qaytdi.






























Izohlar 0
…