
“Milan”ning sobiq himoyachisi Filippo Galli klub Tiyagu Silvani tarkibga qo‘sha olmagani uchun afsus bildirdi. Braziliyalik tajribali futbolchi Yevropaga qaytgan bo‘lsa-da, kutilmaganda “Milan” emas, “Portu” variantini tanladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gallining fikricha, hozirgi “Milan” mudofaasi to‘liq shakllangan deb bo‘lmaydi: jamoaga qiyin vaziyatlarda ishonchli o‘yin ko‘rsata oladigan, katta tajribaga ega markaziy himoyachi yetishmayapti. “Tiyagu Silva kabi futbolchi bu jamoaga juda kerak”, — deya uning so‘zlarini La Gazzetta dello Sport keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” ayni paytda A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.