
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 18-turidan keyin jamoasining turnir jadvalidagi holati yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, jamoa 18 ta o'yin o'tkazib, birinchi davrani yakunladi va ikkinchi davrada ham bugungidek qiyin bahslar ko'p bo'ladi. U APL tobora murakkablashib borayotganini ta'kidlab, eng muhimi yuqori o'rinlarda qolish ekanini qo'shimcha qildi. Gvardiola bugungi natija — g'alaba yoki mag'lubiyat — mavsum taqdirini hal qilib qo'ymasligini, oldinda hali ko'plab uchrashuvlar borligini aytdi.
27 dekabr kuni bo'lib o'tgan «Nottingem Forest» — «Manchester Siti» uchrashuvi Gvardiola jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. «Siti» APL jadvalida peshqadam bo'lib turibdi, biroq ikkinchi o'rindagi «Arsenal»ning bitta zaxira uchrashuvi bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.