
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o‘yinlarining boks final bellashuvlari yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada yuqori natija qayd etib, 3 oltin va 1 kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Abdulloh Madaminov (-65 kg) final jangida Jazoir vakili Jugurta Ait Bekkuni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va o‘yinlar chempioni bo‘ldi. Xumorabonu Mamajonova (-57 kg) ham finalda ajoyib ishtirok etdi.
U Ozarbayjon vakilasi Aynur Mikayilovani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston terma jamoasiga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi va o‘z ustunligini yana bir bor isbotladi. Uchinchi oltin medalni Madijar Daniyarov (-60 kg) qo‘lga kiritdi.
Uning finaldagi jangida Ozarbayjon vakili Muhammad Qosimzoda ringga chiqishdan bosh tortdi va g‘alaba avtomatik tarzda o‘zbekistonlik bokschiga nasib etdi. 60 kg vazn toifasida final jangida Odinahong Ismoilova turkiyalik sportchi Evin Erginog‘uzga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumush medal sohibasiga aylandi.
Riyod-2025: O‘zbekiston bokschilari 3 oltin va 1 kumush medalga ega bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar