
Farg‘ona viloyatining flagmani hisoblangan "Neftchi" yangi mavsum oldidan transfer bozorida juda faol harakat qilmoqda. Klub rasman "Surxon" safida to‘p surib kelgan iste’dodli futbolchi Asilbek Jumayevni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Bo‘lajak chempionatga katta rejalar bilan tayyorgarlik ko‘rayotgan, bosh murabbiy Islombek Ismoilov yetakchiligidagi farg‘onaliklar bu bilan to‘xtab qolmadi. Jumayev transferi bilan bir kunda klub yana 8 nafar yangi futbolchining kelishini rasman tasdiqladi. Bu holat «Neftchi» rahbariyatining yangi mavsum oldidan jamoani tubdan yangilashga jiddiy kirishganini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Klub e’lon qilgan transferlar quyidagilar:
Ibrohim Shokirov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Daler Tuxsanov, Rustambek Fomin, Farhod Sohibjonov, Izzatillo Po‘latov, Hurshidbek G‘iyosov va legioner Ratino.
Bunday keng ko‘lamli transfer siyosati «Neftchi»ning yangi mavsumda yuqori o‘rinlar uchun jiddiy kurashish niyati borligidan darak beradi. Muxlislar esa jamoadan natija va barqaror o‘yin kutayotgani aniq. Qisqasi, Farg‘onada yangi mavsum oldidan umidlar katta — endilikda maydondagi javob qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.