
Jahon boks afsonalari Terrens Krouford va Aleksandr Usik Toshkentga yetib kelishdi. Ikkala sportchi ham noyabr oyi o‘rtalarida o‘tkaziladigan professional boks oqshomining faxriy mehmonlari bo‘lishadi.
Sportchilar Toshkent aeroportida non va gullar bilan kutib olindi. Ular mazkur lahzalarni o‘z Instagram sahifalarida video va suratlar orqali ulashdi.
Tadbir 14-noyabr kuni Humo Arenada bo‘lib o‘tadi. Unda turli vazn toifalarida beshta juftlik bokschilari o‘zaro jang olib borishadi.
Aleksandr Usik — ukrainalik bokschi, og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni va birinchi og‘ir vaznda sobiq mutlaq chempion hisoblanadi. U professional faoliyatida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.
Terrens Krouford — amerikalik bokschi bo‘lib, 42 ta g‘alaba va birorta ham mag‘lubiyatsiz ideal rekordga ega. U yarim o‘rta vazn toifasida WBA, WBC, IBF va WBO versiyalari bo‘yicha barcha asosiy unvonlarni qo‘lga kiritgan mutlaq jahon chempioni hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.