
PSJ yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya 2025 yil yakunlariga ko'ra Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Parij klubining matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
24 yoshli futbolchi ushbu sovrinni faoliyatida beshinchi bor qo'lga kiritdi. Kvaratsxeliya avval 2020 va 2021 yillarda Qozonning “Rubin” jamoasida to'p surgan paytida, 2022 va 2023 yillarda esa Italiyadagi “Napoli” safida o'ynagan kezlarida ham eng yaxshi deb e'tirof etilgandi.
Shu tariqa u “Milan”ning sobiq himoyachisi Kaxa Kaladzening rekordini takrorladi: Kaladze ham Gruziyada 5 marta yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan (2001, 2002, 2003, 2006, 2011).
Eslatib o'tamiz, 2024 yil natijalariga ko'ra Gruziyada yilning eng yaxshi o'yinchisi sifatida hozir “Liverpul”da to'p surayotgan darvozabon Giorgi Mamardashvili tan olingan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.