date

Eldor Shomurodov yilning "eng yaxshi legioner"i deb tan olindi

Eldor Shomurodov yilning "eng yaxshi legioner"i deb tan olindi

Championat.Asia va Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Eldor Shomurodov chet elda faoliyat olib borayotgan eng yaxshi o‘zbek futbolchisi deb topildi. "Bashakshehir" hujumchisi jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashda terma jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi.

O‘zbekiston Superligasining eng yaxshi futbolchisi sifatida Igor Sergeev e’tirof etildi. Mavsumning eng yaxshi murabbiyi esa "Neftchi"ni chempionlikka olib chiqqan Vitaliy Levchenko deb topildi.

"Surxon"ning yosh futbolchisi Rustam Turdimurodov mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi. U 8 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Shuningdek, Championat.Asia va Transfermarkt O‘zbekiston Superligasining ramziy jamoasini ham e’lon qildi. Unda "Paxtakor" darvozaboni Vladimir Nazarov o‘rin oldi.

U mavsum davomida 22 o‘yinda qatnashib, 15 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va umumiy hisobda atigi 11 ta gol o‘tkazib yubordi. Himoya chizig‘ida "Dinamo Samarqand"dan Jahongir O‘rozov, "Neftchi" sardori Anvarjon G‘ofurov, "Paxtakor"dan Hojiakbar Alijonov hamda "Nasaf"dan Sherzod Nasrullayev joy oldi.

Yarim himoya chizig‘ida esa "Neftchi"dan Ikromjon Aliboyev va Jamshid Iskandarov, "Paxtakor"dan Bashar Resan joylashdi. Hujum chizig‘ini "So‘g‘diyona"dan Lyupche Doriyev, "OKMK"dan Xurshid G‘iyosov va "Paxtakor"dan Igor Sergeev tashkil etdi.

Sergeev mavsumda 20 ta gol urib, eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov yilning "eng yaxshi legioner"i deb tan olindi