Ahmad ash-Shar’a Moskvada Putin bilan uchrashadi

Ahmad ash-Shar’a 28 yanvar kuni Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Moskvaga safar qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Syria TV manbasi xabar berdi.
Rossiya va Suriya rahbarlari o‘rtasidagi avvalgi uchrashuv 2025 yil oktyabr oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu suhbatda tomonlar sobiq prezident Bashar Asad davrida imzolangan kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlarini muhokama qilishgan. Shuningdek, muzokaralar davomida Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalari masalasi ham ko‘tarilgan.
Muzokaralar chog‘ida Ash-Shar’a Moskva bilan Damashq o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni yanada mustahkamlash va munosabatlarni tiklash niyatida ekanini ham ma’lum qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing