Xamdam Sobirov: “Rayhon konserti yil sayin yanada kuchaymoqda”

Xonanda Xamdam Sobirov Rayhon G‘aniyevaning navbatdagi konserti haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning aytishicha, Rayhonning konsertlari har yili yanada o‘ziga xos, mazmunli va ta’sirli tus olib bormoqda.
“Rayhonning konserti har yili o‘zgacha zo‘r bo‘lib boryapti. Menimcha, bunda uning muxlislari juda sodiq ekanining o‘rni katta. Yillar o‘tishi bilan sog‘inch ham kuchayadi, shu sababli odamlar yana va yana konsertga kelishadi”, — deya ta’kidladi Xamdam Sobirov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, betakror xonanda Rayhonning joriy yilgi konsert dasturi 3 kun davomida bo‘lib o‘tib, unga 14 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurgan. Bu yilgi dastur uchun xonanda katta mehnat qilib, puxta tayyorgarlik ko‘rgani yaqqol sezildi.
Konsert ko‘tarinki kayfiyatda, o‘ziga xos ruhda hamda kutilmagan obrazlar bilan o‘tib, tomoshabinlarni bir zum ham befarq qoldirmadi. Sahnadagi har bir chiqish muxlislar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
