PSJ Vinisiusni Real Madriddan olib ketishni ko'zlamoqda

Braziliyalik qanot hujumchisi Vinisius Junior «Real Madrid»ni tark etishi mumkin: buning sababi — «qirollik klubi» futbolchining yangi shartnoma bo'yicha talablarini qondirmasligi ehtimoli. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
El Nacional xabariga ko'ra, vaziyatni Fransiya chempioni — PSJ diqqat bilan kuzatib bormoqda. Parij klubi rahbari Nasser Al-Helayfi Vinisiusni jamoaga olib kelish g'oyasiga shaxsan qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Vinisiusning «Real» bilan amaldagi bitimi kelasi yilning o'rtalarida yakuniga yetadi. Braziliyalik yulduzning transfer qiymati 150 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Junior 31 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing