Umarali Rahmonaliyev «Rubin»dan Ozarbayjonning «Sabah» klubiga o‘tdi

Oʻzbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev Qozonning «Rubin» klubidan Boku shahridagi «Sabah» jamoasiga transfer qilindi. Rossiya klubi bu haqda Telegram-kanali orqali ma’lum qildi.
Rahmonaliyev «Rubin» safida 2023 yildan 2025 yil yanvarigacha toʻp surdi. Shundan soʻng u «Sabah»ga oʻtib, avvaliga ijara asosida jamoa sharafini himoya qilgan.
Futbolchi Qozon klubida jami 27 uchrashuvda maydonga tushib, 1,7 ming daqiqa harakat qildi. «Sabah» tarkibida esa 36 o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil dekabr oyi oxirida futbolchining transfer qiymati 800 ming yevroni tashkil etgan. 2025–2026 yilgi Ozarbayjon premer-ligasi mavsumi yakuniga ko‘ra «Sabah» 37 ochko bilan birinchi o‘rinni egallagan, Rossiya premer-ligasida esa «Rubin» 23 ochko bilan yettinchi pog‘onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!