MYU mag‘lubiyatdan qutuldi, ammo g‘alabani ushlab qola olmadi (video)

APLning 21-turida «Bernli» va «Manchester Yunayted» «Terf Mur» stadionida 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuv voqealarga boy kechdi va yakunda har ikki jamoa ham o‘zini to‘liq qoniqqandek his qila olmadi.
Mezbonlar o‘yinga shiddat bilan kirishdi va erta imkoniyatga ega bo‘ldi. Qanotdan uzatilgan to‘p yo‘lda Hevenga tegib, darvozaga kirib ketdi — avtogol «Bernli»ni hisobda oldinga olib chiqdi. «Qizil iblislar» to‘p nazoratini qo‘lga oldi, biroq tanaffusgacha javob golini ura olmadi.
Ikkinchi bo‘limda mehmonlar keskin faollashdi. Sheshko avvaligi Fernandeshning uzatmasini yakunlab, hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay u himoyachilardon ilgarilab ketib, yana bir bor darvozani ishg‘ol etdi va dublini rasmiylashtirdi — «Manchester Yunayted» g‘alabani qo‘lga kiritayotgandek ko‘rindi.
Biroq «Bernli» ruhan sinmadi. Zaxiradan maydonga tushgan Entoni markazga siljib, jarima maydoniga yaqin hududdan to‘qqizlikka aniq zarba yo‘lladi — bu gol o‘yinning eng chiroyli epizodlaridan biri bo‘ldi. Hisob yana tenglashdi, sur’at esa yanada oshdi.
Yakuniy daqiqalarda «MYU» katta kuch bilan hujumga o‘tdi. Leysi o‘tkir burchakdan yo‘llagan zarbasi bilan to‘sinni nishonga oldi. Mezbonlar bosimga bardosh berib, durang natijani saqlab qoldi.
Byornli — Manchester Yunayted 2:2
Gollar: Heven (13, avtogol), Entoni (66) — Sheshko (50, 60).
Byornli — Dubravki, Pires, Broya (Foster, 76), Lorent, Mejbri (Entoni, 58), Ugochukvu, Uoker, Florentinu, Hamfris, Edvards (Sonne, 90+3), Esteve.
Manchester Yunayted — Lammens, Dorgu, Dalot, Kazemiro (Maynu, 74), Martines, Kunya (Zirkze, 74), Ugarte (Leysi, 84), Fernandesh (Maunt, 61), Heven (Yoro, 61), Shou, Sheshko.
Ogohlantirish: Mejbri (40).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!