date

O‘zbekiston zaxiralari rekord darajaga chiqdi: 66 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekiston zaxiralari rekord darajaga chiqdi: 66 mlrd dollardan oshdi

2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 66,3 mlrd dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich dekabr oyi yakunida bir oy ichida 5,1 mlrd dollarga oshgan. Mazkur ma’lumotlar Markaziy bank taqdim etgan rasmiy hisobotda keltirilgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan oy davomida zaxiralarning valyuta qismi 829 mln dollarga ko‘paygan. Shu bilan birga, oltin zaxiralarining qiymati 4,2 mlrd dollarga o‘sib, 55 mlrd dollargacha yetgan. Oltinning jismoniy hajmi ham ortgan bo‘lib, u 12,2 mln troya unsiyadan 12,6 mln troya unsiyagacha ko‘tarilgan.

Umuman olganda, 2025 yil davomida mamlakatning zaxira aktivlari jami 25,1 mlrd dollarga oshgan. Bunday keskin o‘sish, asosan, xalqaro bozorda oltin narxining sezilarli darajada qimmatlashishi bilan bog‘liq.

Jahon savdosidagi noaniqliklar, AQSH Federal rezerv tizimining mustaqilligi yuzasidan xavotirlar hamda Qo‘shma Shtatlarning fiskal barqarorligiga doir shubhalar kuchayishi natijasida oktyabr oyida oltin narxi 4000 dollardan oshgan. Dekabrga kelib esa qimmatbaho metall bahosi 4500 dollardan ham yuqori ko‘tarilgan. Natijada, 2025 yil davomida oltin narxi 70 foizga o‘sib, so‘nggi 46 yil ichidagi eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichini qayd etgan.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan xarid qilingan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada ortgan. Xususan, ushbu ko‘rsatkich yil boshidagi 102 mln dollardan 1 mlrd 532 mln dollargacha o‘sgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston zaxiralari rekord darajaga chiqdi: 66 mlrd dollardan oshdi