date

AQSh Grenlandiyani “pul bilan sotib olish”ni rejalashtirmoqda

AQSh Grenlandiyani “pul bilan sotib olish”ni rejalashtirmoqda
AQSh ma’muriyati Grenlandiya masalasida yangi tashabbuslarni muhokama qilmoqda. Reuters manbalariga ko‘ra, Oq uyda Grenlandiya aholisiga bir martalik pul to‘lovlari berish orqali ularni Daniyadan ajralib chiqishga va kelgusida AQSh bilan yaqinlashishga ko‘ndirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Taklif qilinayotgan summalar bir kishi uchun 10 ming dollardan 100 ming dollargacha bo‘lishi mumkin.

Grenlandiya Daniyaning avtonom hududi hisoblanadi va Daniya hamda Grenlandiya rasmiylari orol sotilmasligini qat’iy ta’kidlab kelmoqda. Yevropaning yetakchi davlatlari ham Daniya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlab, Grenlandiyaning kelajagi faqat Grenlandiya va Daniya tomonidan hal qilinishi kerakligini bildirdi. Bu masala NATO ittifoqchilari o‘rtasida ham keskin munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani milliy xavfsizlik va strategik resurslar nuqtayi nazaridan muhim hudud deb hisoblaydi. Oq uy vakillari Grenlandiyani AQSh bilan bog‘lashning turli yo‘llarini, jumladan diplomatik kelishuvlar va maxsus hamkorlik bitimlarini muhokama qilayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Daniya tomoni bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Grenlandiyada mustaqillik masalasi uzoq yillardan beri muhokama qilinib kelinmoqda. Aholining katta qismi Daniyadan ajralish tarafdori bo‘lsa-da, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy masalalar sabab hozircha referendum o‘tkazilmagan. So‘rovlar esa grenlandiyaliklarning aksariyati AQSh tarkibiga qo‘shilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasligini ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Grenlandiyani “pul bilan sotib olish”ni rejalashtirmoqda