PSJ penaltilar seriyasida «Marsel»ni yengib, superkubokni yutdi (video)

PSJ penaltilar seriyasida «Marsel»ni yengib, superkubokni yutdi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «PSJ»
  • Kuvaytda Fransiya Superkubogi finalida «Marsel»ni asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o'ynab, penaltilar seriyasida 4:1 hisobida mag'lub etdi.
  • Usmon Dembele 13-daqiqada, Gonsalu Ramush 90+5-daqiqada «PSJ» safida gol urgan bo'lsa, Meyson Grinvud 76-daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirdi, Pacho esa 87-daqiqada avtogol muallifiga aylandi.

Kuvaytda o‘tgan Fransiya Superkubogi uchun bahs haqiqiy trillerga aylandi. Fransiya chempionati va kubogi g‘olibi «PSJ» mamlakat vitse-chempioni «Marsel» bilan to‘qnash keldi va o‘yin oxirigacha asablarni “sinovdan o‘tkazdi”.

Uchrashuvning boshidayoq parijliklar tezlikni oshirdi. 13-daqiqada Usmon Dembele hisobni ochib, «PSJ»ga erta ustunlik olib berdi. Shundan keyin ham «PSJ» o‘yinni nazorat qilishga urindi, ammo «Marsel» taslim bo‘lmadi — Roberto De Zerbi jamoasi ikkinchi taymda umuman boshqa kayfiyatda maydonga qaytdi.

«Marsel» kambeki va yutuqqa yaqinlik

76-daqiqada Meyson Grinvud penaltidan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi — 1:1. Oradan ko‘p o‘tmay, 87-daqiqada dramatik epizod yuz berdi: Pacho avtogol muallifiga aylanib, «Marsel»ni hisobda oldinga olib chiqdi — 1:2.

Shu paytda «Marsel» irodali g‘alabaga juda yaqin kelgandi. Lekin futbol shunday: oxirgi hushtakkacha “bo‘ldi” degan gap yo‘q.

90+5: Ramush sahnaga chiqdi

Parijliklar so‘nggi daqiqalarda barcha kuchni hujumga tashladi. Va 90+5-daqiqada Gonsalu Ramush gol urdi — 2:2! Shu gol «PSJ»ni penaltilar seriyasiga olib chiqdi va o‘yinni “lotereya”ga aylantirdi.

Penaltilarda Shevale — hal qiluvchi omil

Penaltilar seriyasida «PSJ» 4:1 hisobida ustun keldi. Bu yerda asosiy qahramonlardan biri — Shevale: u 2 ta seyv amalga oshirib, Luis Enrike jamoasiga navbatdagi sovrin eshigini ochib berdi.

Shu tariqa «PSJ» o‘z tarixida 14-bor mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi — finalda dramatik ssenariy, oxirida esa parijliklarga xos “oxirigacha kurash” g‘alabasi.

Fransiya superkubogi

PSJ — Marsel 2:2

Penaltilar seriyasi — 4:1

8 yanvar. Kuvayt. Xalqaro stadion

Gollar: Dembele (13), Ramush (90+5) — Grinvud (76, penalti), Pacho (87, avtogol).

PSJ: Shevale, Vitinya, Dembele, Due, Zair-Emeri (Mayulu, 89), Kvaratsxeliya (Barkolya, 72), Markinos, Mendesh, Nevesh, Pacho, Ruis (Ramush, 89).

Marsel: Rulli, Balerdi, Vea (Murillo, 72), Grinvud (O’Rayli, 90+2), Guiri (Obameng, 67), Kondogbia, Medina, Pavar, Payshao (Traore, 67), Hyoyberg, Emerson.

Ogohlantirishlar: Vea (48), Hyoyberg (53), Zair-Emeri (63), Medina (86), Obameyang (89).

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar