Inter Frank Kessieni A Seriyaga qaytarishni ko'zlamoqda

Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubida to'p surayotgan yarim himoyachi Frank Kessi Italiya A Seriyasiga yana qaytishi mumkin. 29 yoshli ivuariyalik futbolchi «Inter»ning qiziqish doirasiga kirib qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalistlar Matteo Moretto va Fabrichio Romano xabariga ko'ra, «neradzurrilar» mavsum yakunlangach bo'lishi mumkin bo'lgan transfer yuzasidan futbolchining atrofidagilar bilan yaqin orada uchrashuv o'tkazishni rejalashtirmoqda. Kessining amaldagi shartnomasi yarim yildan so'ng tugaydi va u erkin agent sifatida ham bozorga chiqishi mumkin.
Qayd etilishicha, Kessining agentlari yaqinda A Seriyaning yana bir grandi — «Yuventus» vakillari bilan ham uchrashgan. Sobiq «Milan» yulduzining keyingi qadamlari hozircha ochiqlanmayapti, Transfermarkt portali esa uning qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!