date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo‘shildi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo‘shildi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresdagi “River Pleyt” safida ham to‘p surib, hatto mamlakatning ikkinchi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endilikda Trezege “River Pleyt”ga futbolchi sifatida emas, balki klub boshqaruv tizimida faoliyat yuritish uchun qaytmoqda. Uning vazifalari aniq ochiqlanmagan bo‘lsa-da, klub uni butun rahbariyat ishtirokida maxsus taqdimot orqali jamoatchilikka tanishtirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fransuz mutaxassis strategik yo‘nalishlar bilan shug‘ullanadi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qiladi. Eslatib o‘tamiz, Trezege 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo‘shildi