Ronaldu talablari bajarilmasa yozda Al-Nasrni tark etadi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubdagi kelajagi borasida jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda. The Touchline nashri Saudiya OAVlariga tayanib yozishicha, portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya fondi klub transferlariga to‘sqinlik qilgani, natijada jamoaning chempionlik imkoniyatlari pasayganiga ishonmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga ko‘ra, 41 yoshli futbolchi «Al-Hilol» foydasiga bo‘layotgan tarafkashlikdan ham norozi. Agar Ronaldu fikriga quloq solinmasa, u mavsum yakunidan so‘ng, kelayotgan yozda Saudiya chempionatini tark etishi mumkin.
Qayd etilishicha, Ronaldu yuqoridagi sabablar tufayli jamoaning ketma-ket ikki uchrashuvida maydonga tushmadi. Hozircha u yaqin orada o‘yinga qaytishni rejalashtirmayotganga o‘xshaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!