Brunu Fernandesh Palmerning Chelsidagi het-trigini olqishladi

Manchester Yunayted sardori Brunu Fernandesh Chelsi safida porlagan Kol Palmerning Vulverhemptonga qarshi o'yindagi het-trigiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik yarim himoyachi 13 va 35-daqiqalarda penaltini aniq ijro etdi, 38-daqiqada esa o'yindan gol urib, uchrashuv taqdirini hal qildi. O'yindan keyin 23 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda g'alabaga bag'ishlangan post qoldirdi, Fernandesh esa izohda: «Qanday futbolchi!» deb yozdi.
Palmerning uch goli Chelsiga «bo'rilar» ustidan 3:1 hisobidagi g'alabani ta'minladi. Uchrashuvdan keyingi intervyuda «ko'klar» yarim himoyachisi jarohat bilan bog'liq muammolardan so'ng hali ham to'liq optimal holatga kira olmaganini aytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing