date

"Telegram"da yangi firibgarlik sxemasi aniqlandi

Telegram messenjerida akkaunt tez orada o‘chirilishi haqidagi soxta xabarlar tarqalayotgani ma’lum bo‘ldi. Firibgarlar foydalanuvchilarga akkauntni o‘chirish bo‘yicha so‘rov kelib tushgani haqida xabar yubormoqda.

Ushbu xabarlarda bloklash yoki o‘chirishni «bekor qilish» uchun havolaga o‘tish taklif etiladi. Biroq havolaga bosish natijasida foydalanuvchi o‘z akkauntiga kirish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Telegram'ning rasmiy servis botlari «Yaqinda onlayn bo‘lgan» («Nedavno») maqomi bilan ko‘rinmaydi. Shuning uchun bunday xabarlarga ishonmaslik va shubhali havolalarni ochmaslik tavsiya etilmoqda.

Foydalanuvchilardan yaqinlari va tanishlarini ham ushbu firibgarlik usuli haqida ogohlantirish so‘ralmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » "Telegram"da yangi firibgarlik sxemasi aniqlandi