Tchouameni Real Madrid kiyinish xonasidagi mojarolar haqida gapirdi

1 daqiqa o'qish308
Tchouameni Real Madrid kiyinish xonasidagi mojarolar haqida gapirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Real Madrid yarim himoyachisi Aurelien Tchouameni matbuotda jamoa ichidagi kelishmovchiliklar haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, jiddiy ayblovlarni rad etdi.
  • Fransiya terma jamoasi yig'inida so'zga chiqqan futbolchi Fede Valverde bilan o'rtasida hech qanday adovat yo'qligini va ularning maqsadi Real Madrid bilan yangi sovrinlarni qo'lga kiritish ekanini ma'lum qildi.

Real Madrid yarim himoyachisi Aurelien Tchouameni soʻnggi paytlarda jamoa ichidagi kelishmovchiliklar haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi va jiddiy ayblovlarni rad etdi. Fransiya terma jamoasi yigʻinida oʻtkazilgan matbuot anjumanida futbolchi matbuotda juda koʻp asossiz maʼlumotlar tarqalganini taʼkidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

May oyi boshida Real Madrid mashgʻulotlari vaqtida Tchouameni va Fede Valverde oʻrtasida keskin nizo kelib chiqqan edi. Vaziyat shunchalik jiddiylashgan ediki, Valverde boshidan jarohat olib shifoxonaga yuborilgan. Klub rasmiy bayonotida urugvaylik futbolchi ehtiyotsizlik oqibatida stolga urilib ketgani aytilgan boʻlsa-da, OAVda buni mushtlashuv natijasi deb talqin qilishgan edi.

Tchouameni kiyinish xonasidagi janjal haqidagi xabarlarni rad etib: "Men goʻyoki uni urganim haqida oʻqidim. Bu mutlaqo yolgʻon. Real Madrid kabi klubda har bir voqea katta shov-shuvga sabab boʻladi, lekin matbuotda juda koʻp bemaʼni gaplar paydo boʻldi. Eng muhimi, klub nima boʻlganini biladi", — deya tushuntirish berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, klub ushbu tartibbuzarlik uchun har ikki futbolchini 500 000 yevrodan jarimaga tortgan. Shunga qaramay, 26 yoshli yarim himoyachi Valverde bilan oʻrtasida hech qanday adovat yoʻqligini va ularning maqsadi Real Madrid bilan yangi sovrinlarni qoʻlga kiritish ekanini maʼlum qildi.

Avvalroq, jamoadagi muhitni saqlab qolish uchun yozgi transfer oynasida ushbu futbolchilardan biri klubni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq Tchouameni bu gap-soʻzlarga nuqta qoʻyib, Fede bilan munosabatlari joyida ekanini va bor eʼtiborini boʻlajak musobaqalarga qaratganini taʼkidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?