Ronaldu talablari bajarilmasa yozda Al-Nasrdan ketadi

Al-Nasr hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubni tark etish masalasini jiddiy ko'rib chiqmoqda. The Touchline nashri Saudiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg'armasi klubning ayrim transferlarini to'xtatib, jamoaning chempionlik imkoniyatlarini pasaytirganiga ishonmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli yulduz Al-Hilol foydasiga biryoqlama munosabat borligidan ham norozi. Agar uning e'tirozlari va talablari inobatga olinmasa, Ronaldu mavsum yakunlangach, bo'lajak yozda Saudiya chempionatini tark etishi mumkin.
Manbaga ko'ra, Ronaldu shu sabablar tufayli jamoaning ketma-ket ikki uchrashuvini o'tkazib yuborgan. Hozircha u maydonga qaytishni ham rejalashtirmayotgani aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!