date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana maglub bo'ldi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana maglub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yana ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi — yaponlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani aniq amalga oshirdi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi maglubiyat bo'ldi.

Olti turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana maglub bo'ldi