date

The Athletic tarixning eng zo'r futbolchilarini e'lon qildi

The Athletic tarixning eng zo'r futbolchilarini e'lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng kuchli o'yinchi reytingi faol tarqalmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ro'yxatning kuchli o'nligini Lionel Messi boshqargan. Uning ortidan Diyego Maradona va Pele joy olgan. Keyingi o'rinlarda esa Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash hamda Mishel Platini qayd etilgan.

Bunday ro'yxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani tabiiy. Reddit'dagi futbol muxlislari reyting yuzasidan qizg'in bahsga kirishdi, ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pelening faqat 3-o'rinda qolganidan norozi bo'ldi.

Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic tarixning eng zo'r futbolchilarini e'lon qildi