Saudiya jurnalisti Ronaldu oldida tiz cho'kmaymiz dedi

Krishtianu Ronaldu "Al-Nasr"ning ayrim o'yinlarini boykot qilayotgani va klub boshqaruvidan norozi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyat yuzasidan Saudiya teleboshlovchisi Valid al-Faraj keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Al-Farajga ko'ra, Saudiya Arabistonining sport tizimi va liga reglamenti buzilmas "qizil chiziq" hisoblanadi. Uning ta'kidlashicha, jahon yulduzi maqomi hech kimga qoidalardan chetga chiqish huquqini bermaydi: Saudiya ligasi har qanday futbolchidan ustun, Ronaldu esa reglamentni hurmat qilib, qonunlarga rioya qilishi shart.
“Biz Ronaldu oldida tiz cho'kmaymiz. Nima xohlaysiz, uni yolvorib qaytarishimiznimi? Bizning mamlakat va ligamiz hammasidan ustun”, — deya al-Faraj so'zlarini NewsRoom keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu va "Al-Nasr" o'rtasidagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!