Slutskij jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskij boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda “Sanfrecce Xirosima”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada mezbonlar hal qildi: himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan gol muallifiga aylandi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi maglubiyat bo‘ldi.
Olti turdan keyin “Shanxay Shenxua” 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko jamg‘argan holda kuchli uchlikdan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing