Denis Makarov jarohat sabab maydondan uzoqlashdi

Turkiyaning "Kayserispor" klubi safida to'p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat oldi va hozircha qancha vaqt safdan chiqishi noma'lum. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa bergan xabarga ko'ra, tibbiy tekshiruvlar futbolchining o'ng sonining yuqori qismidagi o'rta mushaklar guruhida yengil shikast va shish borligini aniqlagan. Davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov "Kayserispor"dagi ilk o'yinini 3 fevral kuni "Galatasaray"ga qarshi uchrashuvda o'tkazgandi. Bellashuv 0:4 hisobida yakunlangan, Makarov jamoasi esa turnir jadvalida 17-o'rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Futbolchi avvalroq Moskvaning "Dinamo" klubida o'ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!