Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy toʻp namoyish qilindi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakunlandi. Endi navbat pley-off o‘yinlariga: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 final yo‘llanmasi uchun kurashadi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa allaqachon 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo‘ljallangan rasmiy to‘pni taqdim etdi. U qoramtir ranglar uyg‘unligida, oq yulduzlar bilan bezatilgan. To‘p Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan.
2025/2026 yilgi mavsum finali Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi. “Quloqli” sovrin uchun asosiy bahs shanba kuni, 30 may sanasiga belgilangan.
Hozircha musobaqa chempioni PSJ hisoblanadi. O‘tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik tarzda mag‘lub etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!