date

Inter Dimarko bilan 2030 yilgacha bitimni uzaytirishga yaqin

Inter Dimarko bilan 2030 yilgacha bitimni uzaytirishga yaqin

Milaning “Inter” klubi himoyachisi Federiko Dimarko yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga juda yaqin turibdi. Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar kontraktni 2030 yilgacha uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda yakuniy bosqichga yetgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, Angliya Premyer-ligasining bir nechta jamoalari futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq bu jarayon aniq takliflarga aylanmagan. Hozircha ham “Inter”, ham Dimarko hamkorlikni davom ettirishni ustuvor deb bilmoqda.

28 yoshli chap qanot himoyachisi “Inter” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U avvalroq “Sion”, “Parma”, “Verona” va “Askoli”da ijara asosida to‘p surib, keyin Milan klubiga qaytdi va “neradzurrilar”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Dimarko joriy mavsumda 31 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan, Transfermarkt esa futbolchi qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Dimarko bilan 2030 yilgacha bitimni uzaytirishga yaqin