Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to'p namoyish etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakunlandi. Endi navbat pley-off bahslariga: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 finalga yo'llanma beradigan sakkizta chipta uchun kurash olib boradi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni taqdim qildi. To'p qoramtir ranglarda ishlangan bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. Uni Adidas kompaniyasi ishlab chiqargan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi uchrashuv 30 may, shanba kuni o'ynaladi.
Hozirgi chempion — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni yirik hisobda mag'lub etib, 5:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!