date

Jikiya Turkiyadagi holati haqida savollarga javob berdi

Jikiya Turkiyadagi holati haqida savollarga javob berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiya klubidagi hozirgi vaziyati yuzasidan fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi "FNL s Ilyovym" telegram-kanali e'lon qilgan videoda namoyish etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u "Hammasi yaxshi, rahmat" deya javob qaytardi. Turkiyadagi sharoitlar ham ko'ngildagidekmi, degan savolga esa u jilmayib, "Turkiyada hammasi joyida" dedi.

Ma'lumot uchun, Jikiya o'tgan yozda "Antalyaspor" safiga qo'shilgan. Shundan beri u jamoa libosida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

"Antalyaspor" hozir Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13-fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Turkiyadagi holati haqida savollarga javob berdi