date

Jikiya Turkiyadagi holati bo'yicha savollarga javob berdi

Jikiya Turkiyadagi holati bo'yicha savollarga javob berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiya klubidagi vaziyati haqida fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan video "FNЛ s Ilyovym" telegram-kanalida e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan jamoada ishlari qanday ekani so'ralganda, u "hammasi yaxshi" deya javob qaytardi. Keyingi savolda Turkiyadagi sharoitlar qoniqtiryaptimi, degan savolga esa himoyachi tabassum bilan "hammasi joyida" ekanini aytdi.

Eslatib o'tamiz, Georgiy Jikiya "Antalyaspor" safiga o'tgan yozda qo'shilgan. Shundan buyon u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi bahsi 13-fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Turkiyadagi holati bo'yicha savollarga javob berdi