date

Luis Enrike de Dzarbining ish uslubini yuksak baholadi

Luis Enrike de Dzarbining ish uslubini yuksak baholadi

Fransiya chempionatining navbatdagi turida PSJ prinsipial raqibi Marselni yirik hisobda mag'lub etib, maydonda to'liq ustunlik qildi. Shunga qaramay, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike uchrashuvdan keyin raqib jamoa ustozi Roberto de Dzarbining faoliyatini alohida e'tirof etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Enrike italiyalik mutaxassisning hujumkor falsafasi va g'alabaga intilishini yuqori baholadi. “Uning ishlash uslubi menga yoqadi. Hujumkor futbolni tanlaydi, doim g'alaba uchun o'ynaydi. U Fransiya chempionatidagi eng kuchli murabbiylardan biri”, — deya Enrike so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Ayni paytda PSJ Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va Lansdan ikki ochko oldinda. Marsel esa hozircha to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike de Dzarbining ish uslubini yuksak baholadi