Jikiya Turkiyadagi holati haqida savollarga javob berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiya klubidagi hozirgi vaziyati bo'yicha fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining gaplari aks etgan videoni "FNL s Ilovym" telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u "Hammasi yaxshi, rahmat" deya javob berdi. Shuningdek, Turkiyadagi sharoitlardan ham mamnun ekanini tabassum bilan tasdiqladi.
Jikiya "Antalyaspor" safiga o'tgan yozda qo'shilgan. Shundan beri u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13 fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing