date

Luis Enrike de Dzarbining ish uslubini yuksak baholadi

Luis Enrike de Dzarbining ish uslubini yuksak baholadi

Fransiya chempionatining navbatdagi turida “PSJ” prinsipial raqibi “Marsel”ni yirik hisobda magʻlub etib, maydonda yaqqol ustunlik qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike raqib jamoa ustozi — hujumkor futbol talabi bilan tanilgan italiyalik Roberto de Dzarbining ishini alohida eʼtirof etdi.

“Uning qanday ishlashi menga yoqadi. Hujumkor futbolni tanlaydi, doimo gʻalabaga intiladi. U Fransiya chempionatidagi eng yaxshi murabbiylardan biri”, — deya Enrikening soʻzlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Hozirda “PSJ” Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va “Lans”ni ikki ochko farqi bilan ortda qoldirmoqda. “Marsel” esa to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike de Dzarbining ish uslubini yuksak baholadi