Georgiy Djikiya Antalyaspor'dagi holati haqida gapirdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi klubi doirasidagi hozirgi ahvoli yuzasidan fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining qisqa intervyusi "FNL s Ilyovym" telegram-kanalida e'lon qilingan videoda namoyish etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Djikiyadan "Antalyaspor"dagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, Turkiyadagi sharoit va muhit ham uni to'liq qoniqtirayotganini tabassum bilan tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, Georgiy Djikiya o'tgan yozda "Antalyaspor" safiga kelib qo'shilgan. Shundan beri u jamoa tarkibida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ham ulgurgan.
Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13-fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!