date

Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakunlandi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa qo'shimcha saralash (styk) raundida kuch sinashib, 1/8 finalga yo'llanma beradigan sakkizta o'rin uchun kurashadi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni ommaga ko'rsatdi. U to'q ranglarda ishlangan bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 may sanasiga belgilangan.

Hozirgi amaldagi chempion — PSJ. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ga hech qanday imkon qoldirmay, 5:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi