Jikiya Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi jamoasida qanday ahvolda ekani bo‘yicha savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining qisqa intervyusi "FNL s Ilovym" telegram-kanalida e’lon qilingan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so‘ralganda, u "Hammasi yaxshi, rahmat" deya javob berdi. Turkiyadagi sharoitlar ham ko‘ngildagidekmi, degan savolga esa tabassum bilan "Hammasi joyida" dedi.
Eslatib o‘tamiz, Jikiya "Antalyaspor" safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgandi. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ham ulgurdi.
Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 13-fevral kuni o‘z maydonida "Samsunspor"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!