date

Nepomnyashchiy Safonovning PSJdagi so‘nggi o‘yinlarini baholadi

Nepomnyashchiy Safonovning PSJdagi so‘nggi o‘yinlarini baholadi

Rossiyalik taniqli murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Fransiyadagi chiqishlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda Rossiya terma jamoasi posboni joriy mavsumdagi yettinchi uchrashuvini o‘tkazdi — parijliklar prinsipial bahsda «Marsel»ni yirik hisobda mag‘lub etishdi (5:0).

«Men doim aytaman: u o‘ynashi kerak. Xudo xohlasa, shunday davom etadi. U o‘z o‘yini bilan ko‘p bor hammasini isbotlagan», — dedi Nepomnyashchiy «Match TV»ga.

Eslatib o‘tamiz, Safonov 2023 yilda «Krasnodar»dan Liga 1ga ko‘chib o‘tgan. PSJ safida 26 yoshli darvozabon Chempionlar ligasi, FIFA Qit'alararo kubogi, UYeFA Superkubogi hamda Fransiyadagi barcha sovrinlarni — Liga 1, Kubok va Superkubokni qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nepomnyashchiy Safonovning PSJdagi so‘nggi o‘yinlarini baholadi