Gurtskaya Golovinni XXI asrning eng yaxshilariga qo‘shmadi

Mashhur agent Timur Gurtskaya «Monako» va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning faoliyati haqida keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gurtskayaning ta’kidlashicha, XXI asrning eng yaxshi rossiyalik futbolchilari ro‘yxatidan Golovin o‘rin olishi qiyin: u Yevropadagi faoliyatini uncha yorqin o‘tkazmagan, CSKA safida ham, uning aytishicha, atigi bitta sovringa ega. Bu fikrlar «Eto futbol, brat!» YouTube kanalida yangradi.
Eslatib o‘tamiz, Golovin XXI asrning eng yaxshi rossiyalik futbolchilari reytingida 10-o‘rinni egallagan.
Aleksandr 2018 yildan beri «Monako» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing