Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati yuzasidan berilgan savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan videoni "FNL s Ilyovym" telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiya klubdagi ishlari qanday ketayotgani haqidagi savolga "hammasi yaxshi" deya javob berdi. Turkiyada hammasi ko'ngildagidekmi, degan savolga esa u jilmayib, hammasi o'zini qoniqtirayotganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Jikiya o'tgan yozda "Antalyaspor" safiga qo'shilgan. Shundan beri u 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 13-fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!